07:02 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
49710

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning isteʼfoga chiqish rejalari haqidagi xabarlarni rad etdi.

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning isteʼfoga chiqish rejalari haqidagi yozilgan xabarlarni safsata deb atadi.

Baʼzi Gʻarb ommaviy axborot vositalari bu haqda xabarlar yozishdi: ularda kasallik yoki oila aʼzolarining iltimosi sabab sifatida koʻrsatilgan.

"Bilasizmi, bu yerda izoh beradigan narsaning oʻzi yoʻq. <...> Prezident bilan hammasi joyida, uning salomatligi juda yaxshi", - deb javob berdi Peskov.

Shundan soʻng, Putin davlat rahbari lavozimini tark etmoqchi emas, deb taʼkidladi Peskov.

Asosiy mavzular