06:18 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
187 0 0

Donald Tramp magʻlubiyatni tan olmasligini maʼlum qildi. Uning fikriga koʻra, saylovlardagi ovozlarni hisoblash oʻz yakuniga yetdi deb hisoblash mumkin emas.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. AQSH Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden AQSH prezidenti saylovida gʻalaba qozonganini maʼlum qildi.

“Amerika, meni bu mamlakatga rahbarlik qilish uchun saylashgani men uchun sharaf. Oldinda ogʻir vazifa turibdi, ammo men uchun ovoz bergan-bermaganligidan qatʼi nazar barcha amerikaliklar uchun prezident boʻlaman”, - deya yozdi u Twitterʼdagi sahifasida.

CNN, NBC, Fox News va Associated Press (AP) prognozlariga koʻra, Bayden amaldagi prezident Donald Tramp ustidan gʻalaba qozonish uchun talab qilinadigan saylovchilar hayʼatining (Electoral College) 270 ta ovoziga ega boʻlgan. 

Tramp magʻlubiyatni tan olmasligini maʼlum qildi. Uning fikriga koʻra, saylovlardagi ovozlarni hisoblash oʻz yakuniga yetdi deb hisoblash mumkin emas. U saylovchilar ovozini hisoblash yuzasidan sudga murojaat qilish niyatini tasdiqlagan. Zero, uning fikriga koʻra, saylovlar vaqtida demokratlar tomonidan koʻplab qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Oʻz navbatida, xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenga saylovda gʻalaba qozongani munosabati bilan tabrik yoʻllashni boshlab yuborishgan. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg shular jumlasidan.

Teglar:
Donald Tramp, Jo Bayden, saylovlar, AQSH

Asosiy mavzular