16:36 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
215 0 0

Eron tashqi ishlar vaziri qoʻshnilarni Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimidan ketgandan keyin hamkorlik qilishga chaqirdi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif mintaqa mamlakatlarini Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimidan ketgandan keyin hamkorlik qilishga chaqirdi.

“Tramp ketdi, lekin biz qoʻshnilarimiz bilan qolamiz”, - deya yozdi Zarif Twitter᾽dagi sahifasida.

“Xalqlarimiz va mamlakatlarimiz umumiy manfaatlarini taʼminlash uchun qoʻshnilarimizga hamkorlik qoʻlini choʻzamiz. Hammani muloqotga chaqiramiz, zero bu qarama-qarshilik va keskinlikni hal qilishning yagona yoʻlidir”, - deya maʼlum qildi Eron vaziri.

AQShda prezident saylovlari 3 noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy ularni “tomosha va liberal demokratiyaning xunuk qiyofasi” deb atadi. Bunga javoban AQSH davlat kotibi Erondagi “saylovlarda yuzlab kishilar hattoki oʻz nomzodini ilgari sura olmasligini” bayon qildi.

Ovozlarni hisoblash davom etmoqda, biroq yetakchi Amerika OAVlari saylovda Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden gʻalaba qozonganini eʼlon qilishdi. Shundan soʻng Bayden oʻzini Amerikaning yangi saylangan prezidenti deb eʼlon qildi.

Oʻz navbatida, xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenga saylovda gʻalaba qozongani munosabati bilan tabrik yoʻllashni boshlab yuborishgan. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg shular jumlasidan.

Teglar:
Javad Zarif, Eron, Jo Bayden, saylovlar, AQSH

Asosiy mavzular