16:14 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
42310

Mixail Gorbachyov AQShning yangi prezidenti davrida Rossiya-Amerika munosabatlarining istiqbollari haqida gapirdi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonganini eʼlon qilgan Jo Bayden Rossiya va AQSH oʻrtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi deb umid qilmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Demokratlar partiyasidan nomzod Bayden oʻtgan shanba kuni mamlakat prezidenti etib saylanganini eʼlon qildi, undan ilgariroq gʻalaba haqida Amerikaning yirik OAVlari eʼlon qildi. Shu bilan birga, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovlar hali yakunlanmagani aytib, sudda oʻz gʻalabasini himoya qilishni rejalashtirmoqda.

Mixail Gorbachyov AQShning yangi prezidenti davrida Rossiya-Amerika munosabatlarining istiqbollari haqida gapirdi.

"Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ishonchni tiklash kerak. Umid qilaman, saylangan prezident buning muhimligini tushunadi, Rossiya rahbariyati esa jiddiy muloqotga tayyor, deb oʻylayman", - dedi Gorbachyov RIA Novosti bilan suhbatda.

Asosiy mavzular