15:03 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
29311

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Togʻli Qorabogʻdagi mojaroni hal qilish uchun ishchi guruh tuzishni taklif qildi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdogʻan Togʻli Qorabogʻdagi mojaroni hal qilish uchun ishchi guruh tuzish toʻgʻrisida taklif kiritdi, deb xabar qildi CNN Turk telekanali.

Shanba kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari telefon orqali Qorabogʻdagi vaziyatni muhokama qilishdi. Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, ular mintaqadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishish maqsadida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi va tegishli takliflar bildirildi.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, Vladimir Putin Erdogʻanning taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Nashr manbasi maʼlumotiga koʻra, yaqin kunlarda Qorabogʻ inqirozi boʻyicha muzokaralar ikki tomonlama formatga oʻtishi mumkin, bu YEXHTning Minsk guruhi ishidan tashqarida ishlaydi.

Shuningdek, yangi guruh sulhdan keyingi choralar va siyosiy kelishuv jarayoni ustida ish olib borishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular