16:25 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
261 0 0

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari Togʻli Qorabogʻda urush yakunlanganini eʼlon qilishdi va bitim imzolashdi. Bitim nimani anglatishi - Sputnik materialida.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida bitim imzolashdi. Bitim matnini Sputnik Armaniston chop qildi.

  • 10 noyabr Moskva vaqti bilan yarim tundan boshlab oʻt ochish toʻliq toʻxtatiladi. Ozarbayjon va Armaniston harbiylari egallab turgan pozitsiyasida toʻxtaydi.
  • Tomonlar harbiy asirlar bilan oʻzaro almashish majburiyatini oʻz zimmasiga oldi.
  • Yerevan  Kelbajar tumani, Agdam tumani va Ozarbayjonning Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar, shuningdek, Lochin tumanini 2020 yil 15 noyabr, 20 noyabr va 1 dekabrgacha Bokuga qaytarishi lozim. Armaniston Togʻli Qorabogʻ bilan aloqani taʼminlaydigan 5 kilometr kenglikdagi Lochin yoʻlagini oladi. Shuningdek, ushbu yoʻlak Boku avvalroq ozod qilingani aytgan Shusha shahriga taʼsir qilmaydi.
  • Togʻli Qorabogʻdagi tutashuv chizigʻi va Lochin yoʻlagi boʻylab  Rossiyaning 1960 nafar qurolli, 90 ta zirhli transportyor, 380 ta avtomobil va maxsus texnikadan iborat tinchlikparvar kuchlari kontengenti kiritiladi.
  • Tinchlikparvar kuchlari arman harbiylari olib chiqilishi bilan parallel ravishda kiritiladi. Ularning qolish muddati keyingi 5 yillik muddatlarga avtomatik uzaytirish bilan 5 yilni tashkil etadi, agar tomonlardan hech biri bitimdan chiqishga qaror qilmasa.
  • Kelishuvlarning ijro etilishini kuzatish uchun tinchlikni saqlash markazi tashkil etiladi.
  • Yaqin uch yilda Spepanakert va Armaniston oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydigan Lochin yoʻlagi boʻylab yangi harakat yoʻnalishi qurilishi rejasi belgilanishi kerak, keyinchalik bu yoʻnalishni himoya qilish uchun Rossiya tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish bilan. Ozarbayjon Lochin yoʻlagi boʻylab transport aloqasi xavfsizligini taʼminlashni kafolatlaydi.
  • Qochqinlar Togʻli Qorabogʻ hududiga va unga qoʻshni hududlarga BMTning Qochqinlar ishi boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi nazorati ostida qaytib kelishlari kerak.
  • Mintaqadagi barcha iqtisodiy va transport aloqalari yoʻlga qoʻyilishi kerak. Armaniston Ozarbayjon va Naxichevan avtonomi oʻrtasida transport aloqalarini taʼminlash majburiyatini oladi. Transport qatnovini Rossiya chegarachilari nazorat qiladi. Bundan tashqari, Ozarbayjonning asosiy hududini Naxichevan bilan bogʻlaydigan yangi transport kommunikatsiyalarini qurishni taʼminlash rejalashtirilmoqda.

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin erishilgan kelishuvlarni Togʻli Qorabogʻ mojarosini adolatli tartibga solish uchun asos boʻlishini aytdi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabogʻ boʻyicha bitim oʻzi uchun juda ogʻir qaror boʻlganini aytdi, lekin boshqa chora boʻlmaganini taʼkidladi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ushbu kelishuvlar Togʻli Qorabogʻdagi mojaroga nuqta qoʻyishini maʼlum qildi.

Togʻli Qorabogʻdagi toʻqnashuvlar 27 sentyabr kuni boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini harbiy harakatlarni boshlashda aybladi. Rossiya, AQSH va Frantsiya yetakchilari tomonlarni oʻt ochishni toʻxatish va dastlabki shartlarsiz muzokaralarni boshlashga chaqirdi.

Mavzu boʻyicha

Erdogʻan Putinga Qorabogʻ boʻyicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi
Aliyev Yerevanga Qorabogʻ masalasida “oxirigacha borish” bilan tahdid qildi
Urushga sabab boʻlgan qarama-qarshilik - Aliyev va Pashinyan bilan parallel intervyu
Aliyev Qorabogʻda yollanma jangarilar yoʻqligini rasman xabar qildi
Lavrov Qorabogʻ boʻyicha muzokaralar tiklanishini choʻzmaslikka chaqirdi
Qorabogʻ qopqoni – Armaniston va Ozabayjon unga qanday tushib qolishdi
Merkel Putin, Tramp va Makronning Togʻli Qorabogʻga oid bayonotini qoʻllab-quvvatladi
Dunyoda Togʻli Qorabogʻ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yogʻ quymoqda"?
Togʻli Qorabogʻdagi mojaro hech qachon tugamaydi – Jirinovskiy
Togʻli Qorabogʻga minglab jangarilar kelmoqda - Narishkin
Ozarbayjon armiyasi Qorabogʻda 20tadan ortiq qishloqni oʻz nazoratiga oldi - Aliyev
Putin Togʻli Qorabogʻda jangovar harakatlarni toʻxtatishga chaqirdi
Koronavirus, Belarus, Qorabogʻ va Navalniy: RF tashqi razvedka rahbari bilan intervyu
Teglar:
Nikol Pashinyan, Ilhom Aliyev, Vladimir Putin, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya

Asosiy mavzular