22:10 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
41330

Armaniston poytaxtida - Yerevanda namoyishchilar parlament spikeri Ararat Mirzoyanni mashinadan chiqarib, kaltaklashdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Yerevan shahrida namoyishchilar parlament spikeri Ararat Mirzoyanni mashinadan chiqarib, kaltaklashdi.

Bunga mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanning Togʻli Qorabogʻdagi urushni tugatish toʻgʻrisidagi bayonoti sabab boʻlgan. Ushbu bayonotdan soʻng hukumat uyi yonida norozilik namoyishi boshlandi, namoyishchilar binoga bostirib kirishdi, Pashinyan kabinetini agʻdartoʻntar qilib, davlat ramzlarini olib ketishdi.

Keyin ular parlamentga koʻchib oʻtdilar, u yerda spiker Ararat Mirzoyanni kaltakladilar. Mirzoyan shifoxonaga olib kelinib, jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

Namoyishchilar deputatlardan muxolifat kuchlari safiga qoʻshilishini va Togʻli Qorabogʻ boʻyicha Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan  uch tomonlama bayonotni bekor qilish jarayonini boshlashni talab qilmoqda.

Asosiy mavzular