00:56 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
22110

Moskva meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat tufayli qoʻshimcha cheklovlar joriy etilishini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat tufayli qoʻshimcha cheklovlar joriy etilishini eʼlon qildi.

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy

- 23:00 dan 6:00 gacha umumiy ovqatlanish (restoran, kafe, bar) mehmonlarga xizmat koʻrsatmaydi. Bu mahsulotni olib ketish va yetkazib berishga taalluqli emas.

- universitet va kollej talabalari masofadan turib oʻqishga oʻtkazilmoqda. Talabalarning transport kartalari vaqtincha bloklanadi, ularga "uy rejimi"ga rioya qilish tavsiya qilindi.

- teatrlar, kinoteatrlar va kontsert zallaridagi maksimal sigʻimi 25 foizgacha qisqartirildi.

- sport tadbirlariga tomoshabinlar qabul qilinishi davom etadi, ammo endi tashkilotchilar harakatlarni Moskva sport boshqarmasi va Moskva Rospotrebnadzor maʼmuriyati bilan kelishilishi kerak.

- madaniy, koʻngilochar va maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy tadbirlariga taalluqli emas.

- binolarda joylashgan bolalar kunduzgi oromgohlari va bolalar koʻngilochar markazlarining ishi toʻxtatiladi. Bolalar uchun mashgʻulotlar ochiq havoda oʻtkazilishi mumkin.

Cheklovlar ikki oy 13 noyabrdan 2021 yil 15 yanvargacha joriy etiladi.

Kuni kecha, 9 noyabr kuni Moskvada epidemiya vaqtida kunlik kasallanish darajasining eng yuqori koʻrsatkichi qayd etildi - 6897 ta holat. Bugun yuqtirganlar soni 5902 kishiga kamaydi, ammo rasmiylar vaziyat yanada yomonlashishi mumkin deb hisoblamoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)

Asosiy mavzular