16:29 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
30710

“Lokdaun” soʻzi 2020 yilning asosiy soʻzi deb ataldi. U “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qatʼiy cheklov qoʻyish” maʼnosini anglatadi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Britaniyaning “Collins English Dictionary” lugʻati “lokdaun” soʻzini 2020 yilning asosiy soʻzi deb atadi.

“Lokdaun” soʻzi “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qatʼiy cheklov qoʻyish” maʼnosini anglatadi.

U 2020 yilda 250 ming martadan ziyod ishlatilgan. Bu soʻz 2019 yilda atigi 4 ming marta ishlatilgan.

Pandemiyaga oid boshqa koronavirus, ijtimoiy masofa saqlash, oʻzini oʻzi yakkalash, majburiy haq toʻlanmaydigan taʼtil (furlough) singari soʻzlari ham “Yil soʻzi” unvoniga daʼvogarlar roʻyxatiga kiritilgan.

2019 yilda “iqlim uchun kurash” (climate strike), 2018 yilda “bir marta foydalaniladigan” (single-use),  2017 yilda “yolgʻon xabar” (fake news), 2016 yilda “Breksit” (Brexit) yil soʻzi boʻlgan edi.

Asosiy mavzular