18:20 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
396 0 0

Chexiya harbiy razvedkasi global mojaroning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sabab sifatida AQSH, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi raqobatni koʻrsatdi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Dunyo yangi jahon urushi xavfiga duch kelmoqda, bu haqda Chexiya harbiy razvedkasi veb-saytida 10 noyabr kuni eʼlon qilingan 2019 yil uchun hisobotida aytilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Tahlilchilarning fikriga koʻra, hozirgi vaqtda global mojaro "birinchi bosqichida".

"Unda faol ishtirok eta oladigan va xohlaganlarning dunyoqarashi shakllanmoqda, uni boshqarish mumkin boʻlgan texnologik vositalar asta-sekin aniqlanmoqda", - deyiladi hujjatda.

Hisobot mualliflari mojaroning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sabab sifatida AQSH, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi raqobatni koʻrsatdi.

Shuningdek, hujjatda xalqaro huquqning ahamiyati pasayganligi qayd etilgan. Yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni hal qilishning bir usuli sifatida tinch muloqot mavjud emas, dunyo tartibining aniqligi shubha ostiga olinadi. Bundan tashqari, jamoatchilik ongini manipulyatsiya qilish keskinlikning oʻsishiga yordam beradi, deb hisoblaydi tahlilchilar.

Asosiy mavzular