07:20 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
1067 0 0

Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari “Oʻzbekiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi Aziz Yoʻldoshni yoʻq qildi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari “Oʻzbekiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi Aziz Yoʻldoshni yoʻq qildi. Bu haqda Afgʻoniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Afgʻoniston milliy xavfsizlik kuchlarining (ANSF) xatti-harakatlari natijasida Faryob provintsiyasi Gormach tumanida Aziz Yoʻldosh, “Oʻzbekiston islom harakati”* yetakchisi, oʻldirildi, uning oʻgʻli Hikmat yaralandi. Aziz Yoʻldosh shimoliy provintsiyalarda afgʻonlarning ommaviy oʻldirilishiga va terrorchilik hujumlarga aloqador”, - deyilgan xabarda.

Joriy yil iyul oyida Rossiya FXX tomonidan Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda taqiqlangan "Oʻzbekiston islom harakati" terroristik uyushmasining 22 nafar aʼzosi qoʻlga olingan edi. Yacheyka aʼzolari teraktlarga daʼvat qilib, yollash va jangovar zonalarga oʻtkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular