15:57 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
74 0 0

Uning soʻzlariga koʻra, samolyotda, poyezdda yoki avtobusda boʻlgan vaqtlarida masofani saqlashga harakat qilish lozim.

TOSHKENT, 14 noya – Sputnik. Koronavirus pandemiyasi paytida sayohat qilish tavsiya etilmaydi, ammo bu zarur boʻlgan taqdirda, masofa saqlash hamda poyezd, avtomobillar va avtobuslarda iloji boricha oynalarni ochish kerak, deb bayonot qildi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan.

"Inson birinchi boʻlib: "u yerga borishimga rostdan zarurat bormi?" degan savolni oʻziga berishi kerak. Shartmi bu? Agar, ha, shart, boʻlsa, demak xatarlarni kamaytirish chorasini koʻrishi lozim. Biz bilamizki, birorta sayohat xavf-xatarsiz boʻlmaydi, ammo biz bu xatarni kamaytirish uchun koʻp narsa qilishimiz mumkin", - deyiladi Svaminatanning videoizohida. Izoh BSSTning Instagramdagi rasmiy akkauntida eʼlon qilingan.

Uning soʻzlariga koʻra, samolyotda, poyezdda yoki avtobusda boʻlgan vaqtlarida masofani saqlashga harakat qilish lozim.

"Agar siz avtobusda yoki mashinada va hatto poyezdda boʻlsangiz, ventilyatsiya boʻlishi uchun oynalarni ochishingiz mumkin. Har doim niqob taqing", - deydi ekspert.

Svaminatan shuningdek, dezinfektsiya vositalarini oʻzi bilan olib yurishni, qoʻlni sovun bilan tez-tez yuvishni maslahat berdi. Oʻzini bexos sezayotgan, yoʻtalayotgan yoki temperaturasi boʻlgan insonlarga, ekspert, sayohatni ortga qoldirishni maslahat beradi.

"Agar siz odamlar bilan uchrashishingiz rejalashtirilgan belgilangan manzilga kelsangiz va uchrashadigan odamlar xatar guruhida boʻlsa, u holda 14 kunlik karantinni oʻtganingiz maʼqul", - deya qoʻshimcha qildi ayol.

Bayramlar yaqinlashayotgani munosabati bilan Svaminatan ularni oila davrasida nishonlashga chaqirdi. Ob-havo sharoiti qulay boʻlgan mamlakatlarda oilaviy tadbirlarni toza havoda nishonlagan maʼqul, deb qoʻshimcha qiladi ayol.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular