22:44 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
40520

AQSH prezidenti Donald Tramp prezident saylovlarida gʻalaba qozonganligi haqida tvit yozdi. Twitter uning xabariga "rasmiy manbalarga" zid degan belgi qoʻydi.

TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonganligi haqida tvit yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Twitter uning xabariga "rasmiy manbalarga" zid degan belgi qoʻydi.

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovlaridagi raqibi, demokrat Jo Bayden "saylovlar soxtalashtirilganligi sababli gʻalaba qozonganini" aytgandi. Keyinchalik u saylovlarda magʻlubiyatini tan olmasligini aytdi, uning soʻzlariga koʻra,  Bayden faqat "yolgʻonchi ommaviy axborot vositalari koʻz oʻngida gʻolib".

“Men saylovlarda gʻalab qozondim”, - deb yozdi prezident Twitter’da.

Uning tvitida "rasmiy manbalar bu saylovning boshqa natijalari toʻgʻrisida xabar berilgan" deb belgilangan.

AQShda prezident saylovi 3 noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden gʻalaba qozonganini eʼlon qildi. Koʻplab davlat yetakchilari uni gʻalaba bilan tabriklashmoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda oʻz gʻalabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytdi.

Teglar:
AQSH, saylov, Donald Tramp

Asosiy mavzular