15:22 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
177920

Ekspertlarning umidsiz prognozlariga koʻra, Sarez koʻlidan suv oqib ketadigan boʻlsa, Markaziy Osiyoning toʻrtta mamlakati hududlari jabr koʻradi

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Sarez koʻli qaytadan ekolog himoyachilari eʼtiborini tortmoqda. Britaniyaning Daily Mail nashri noyabr oyida koʻlni portlashi keyinga qoldirilgan bomba, deya atagan edi. Sarez koʻli ulkan toshqin, vayronagarchilik va yuzlab odamlarning oʻlimi bilan tahdid qilishi mumkinmi, bu masalani "Izvestiya" oʻrgandi.

Sarez koʻli paydo boʻlishi tarixi

Hammasi 1911 yilda boshlangan. Qattiq yer silkinishi yer yuzidan Usoy qishlogʻini yoʻq qilib yuborib, Murgʻob daryosini toʻsib qoʻygan yangi togʻ hosil boʻlgan. Ikki togʻning birlashishi natijasida tabiiy ravishda damba yuzaga kelgan va u sekin-asta suvga toʻla boshlagan.

Yarim yil Sarez qishlogʻini suv bosishi natijasida koʻl hosil boʻlgan va endilikda u Sarez koʻli, deya atala boshlagan. Koʻlning intensiv toʻldirilishi 1926 yilda yakunlangan.

Sarez koʻlining chuqurligi 500 metrga yetadi, umumiy hajmi esa 17 kub kilometrga.

Koʻl sayyohlar orasida juda ommalashgan, ammo u yerga faqatgina FVV ruxsati bilangina borish mumkin.

Sarez koʻli nimasi bilan xavfli

Biroq, suvga limmo-lim va goʻzal koʻl haqiqiy xavf keltirib chiqaradi: tabiiy toʻsiq suv bilan yuvilib ketgan yoki Usoy toʻgʻonini yoʻq qilishi mumkin boʻlgan zilzilalar va koʻchkilar yuz bergan taqdirda, "geologik qamoqdan" katta miqdordagi suv chiqib ketadi.

 

MGU Mexanika instituti hisob-kitobiga koʻra, oʻpirilish yuz bergan taqdirda, 3 kilometrdan koʻproq tepalikdan balandligi 150 metrgacha boʻlgan sel oqimi ozodlikka oʻzini uradi. Vodiylarda ummon balandligi 15 metrgacha(uch qavatli uy balandligiga teng)  pasayishi mumkin.

Bu Favqulodda holat nafaqat Tojikiston, balki Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston hududlarni ham qamrab oladi.

Potentsial xavfli hududlarda bugun 6 million nafargacha aholi istiqomat qiladi.

Potentsial xavfli tabiiy hodisa inson hayotidan tashqari, infratuzilmaga ham zarar yetkazadi: yoʻllarni, koʻpriklarni va gidromeliorativ (irrigatsiya va drenaj) uskunalarini yoʻq qiladi. Ularni qayta tiklash ishlarini bir yilsiz boshlash mumkin boʻlmaydi.

Baxtsiz hodisaning oldini olish mumkinmi?

SSSR vaqtlaridayoq Usoy uyumida gidroelektrstantsiyasini barpo etish masalasi koʻrib chiqilgan edi. Ammo bu rejani amalga oshirish murakkabligi tufayli GES qurilmay qolib ketdi.

Tojikistonda ushbu masalani hal etishga boshqacha yondashuv ishlab chiqildi: rasmiy Dushanbe Sarez koʻlidagi ichimlik suvini chet elga sotishni moʻljallamoqda. Bu borada oʻnlab davlatlar bilan muzokaralar olib borilgan boʻlsa, ammo bitim imzolashga faqatgina Xitoy rozi boʻlgan. Koʻlning oʻta noqulay va murakkab joylashuvi ushbu loyihani rejalashtirilgan quvvatga olib chiqishga imkon bermayapti.

Sarez koʻli ustidan tunu-kun monitoring olib boriladi. Favqulodda holatlar boʻyicha komissiya datchiklar ketidan kuzatuv olib boradi va koʻldagi har qanday oʻzgarishlarni nazorat qilib boradi.

Suv sathining keskin oʻzgarishi yuz bergan taqdirda kuzatuvchilar zudlik bilan "trevoga" eʼlon qilishlari kerak. 2020 yilda Osiyo banki uskunaning modernizatsiyasi uchun 10 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratgan.

Asosiy mavzular