14:19 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
27101

Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar MGUdan oxirgi ikki semestr uchun toʻlovlarni sud orqali qaytarishni talab qilishmoqchi.

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar Lomonovsov nomidagi Moskva Davlat universiteti ustidan sudga kollektiv ariza bermoqchi, deb xabar qilmoqda Kommersant nashri.

Xabarda aytilishiga koʻra, 20 nafardan ortiq talabalar MDU va Rossiya taʼlim vazirligi ustidan Moskva shahar sudiga murojaat qilishga tayyor. Ularning fikriga koʻra, masofaviy taʼlim joriy etilganidan soʻng taʼlim sifati "bir necha barobar" tushib ketgan.

Xususan, talabalar OTMning onlayn tizimida tez-tez texnik nosozliklar yuz berayotganini, oʻqituvlar jamoasining onlayn darslarga tayyor emasligi, talabalar kutubxonadan foydalanish imkoniga ega emasliklari va oʻqituvchilar bilan yuzma-yuz uchrashish imkoni yoʻqligi va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etish imkonidan mahrumligidan norozi boʻlishgan. Ularning xulosasiga koʻra, ushbu yetishmoqchiliklar shartnomada koʻrsatilgan kunduzgi taʼlim shakliga muvofiq emas.   

Ushbu munosabat bilan toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar oxirgi ikkita semestr uchun oliygohga toʻlangan mablagʻlarni qayta hisoblab chiqishni talab qilishmoqda. Ushbu mavzuda Shange.org portalida joylashtirilgan petitsiyani 22 ming kishi imzolagan.

MDU rahbariyati bunga javoban, 2020 yilning mart oyidan boshlab, bir tomondan Rossiya hukumatining karantin bilan bogʻliq talablarini bajarish ikkinchi tomondataʼlim tizimining uzuluksizligini va belgilangan standartlarga mosligini saqlab qolishga qaratilgan barcha choralar koʻrilganini xabar qilgan. 

Universitetda, shuningdek onlayn taʼlim kunduzgi taʼlim tizimining bir koʻrinishi ekanini va MDUda pandemiyadan ancha oldin ishga tushirilgan "Chegarasiz universitet" onlayn-taʼlim tizimi  asosida muvaffaqiyatli olib borilganini xabar qilishgan. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Federatsiyasi hududida murakkab epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi OTMlar 13 noyabrdan 6 fevralga qadar masofaviy taʼlim tizimiga oʻtgan edi. 

Asosiy mavzular