13:56 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
447 0 0

Afsonaviy futbolchi fanatlari oʻz kumiri bilan vidolashish uchun prezident saroyiga bostirib kirishga urindilar.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Kuni kecha Buenos-Ayresda 60 yoshida odamdan koʻz yumgan jahon futboli afsonasi Diyego Maradonaning dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Chet el ommaviy axborot vositalari ushbu jarayon tartibsizliklar va politsiyachilar bilan toʻqnashuv bilan yakun topgani haqida xabar berishdi.

© REUTERS / Martin Villar

Politsiya va Diyego Maradonaning muxlislari oʻrtasidagi toʻqnashuv Buenos Ayresdagi prezident saroyidan boshlangan - sababi aynan bu yerda futbolchi bilan vidolashishni istagan odamlar toʻplanishgan edi.

Associated Pressning xabar berishicha, odamlar bir-birlarini turtkilashgan, hamda bir joyga katta guruh boʻlib toʻplanib, saroy ichiga kirib borishga urinishgan. Natijada, ushbu holatga huquqni muhofaza qilish organlari vakillari aralashishga majbur boʻlganlar.

Prezident saroyida vidolashuv marosimi nihoyasiga yetgach, politsiya olomonni tarqata boshlagan - bundan fanatlarning azbaroyi jahli chiqqan. Xabarda aytilishicha, futbolchi muxlislari politsiyachilarga qarata tosh va boshqa predmetlarni uloqtira boshlaganlar.

Huquq-tartibot posbonlari, oʻz navbatida yelim oʻqlar bilan odamlarga qarata oʻt ochganlar, shuningdek, muxlislarga nisbatan koʻz yosh keltiruvchi gaz va vodometlar ham qoʻllanilgan. Zoʻravonlik holatlari jarohatlarga va hibsga olib kelgan. Infobae maʼlumotlariga koʻra, toʻqqiz kishi qoʻlga olingan.

Vidolashuv marosimida qatnasha olmasliklariga koʻzi yetgan fanatlar, prezident saroyi devoriga tirmashib chiqa boshlaganlar, xuddi futbol stadionidagi kabi.

Bu orada Argentina ichki ishlar vaziri Vado de Pedro dafn marosimidagi toʻqnashuvlar uchun Buenos-Ayres hukumati javobgarligini tan olgan. U ularni zoʻravonlikni toʻxtatishga chaqirgan.

"Biz Orasio Laretta (mer) va Diyego Santilyani (vitse-mer) shahar politsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu telbalikni toʻxtatishga chaqiramiz", - deya bayonot qilgan u.

Bundan tashqari, dafn marosimidagi tartibsizliklar davomida Russia Today muxbiri va operatori ham jabr chekishgani aytilmoqda. Jurnalistlar voqea joyidan onlayn-efir olib borishayotgan boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, afsonaviy futbolchi 60 yoshida vafot etdi. Diyego Maradonani soʻnggi marta 30 oktyabrda omma orasida koʻrishgan. U Argentina chempionatining 1-turi "Ximnasiya va Esgrima" va "Patronato" (3:0) oʻrtasida kechgan, oʻzining 60 yilligiga bagʻishlangan uchrashuvida koʻrinish bergan.

Uchrashuv oldidan Maradonaga esdalik taxtachasi topshirilgan. Diyego matchni oxirigacha tomosha qilmagan, oʻzini yomon his qilayotganini aytib, ketgan. Maradonaning sogʻayishi alkogolizm va narkomaniya oqibatlari tufayli qiyinlashgan edi.

Asosiy mavzular