10:16 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
51820

Eron yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizoda kosmosdan boshqariladigan qurol yordamida oʻldirilgan boʻlishi mumkin - Al-Alam telekanali.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Eron yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizoda kosmosdan boshqariladigan qurol yordamida oʻldirilgan boʻlishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti Al-Alam telekanaliga asosan xabar qildi.

"qotillikni amalga oshirish uchun qoʻllanilgan qurol, Isroilda ishlab chiqarilgan - sunʼiy yoʻldosh orqali boshqarilgan", - dedi telekanal manbasi.

Eron OAV yozganidek, 27 noyabr kuni kunduzi Faxrizoda mashinasi Tehron viloyatidagi Absard aholi punktida harakatlanayotgan edi. Hujum oqibatida olimning tan soqchilardan biri jarohat olgan. Faxrizodaning oʻzi kasalxonaga vertolyotda olib kelindi, ammo uni qutqarishning iloji boʻlmadi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif OAVlarda Eronning raketa dasturini asoschilaridan biri deb aytilayotgan, yadroshunos-fizik olimning oʻldirilishini keskin qoraladi.

Diplomat bu voqeada Isroil maxsus xizmatlarining aloqadorligini taʼkidladi, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni, xususan, Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama siyosatni toʻxtatish va "davlat terrorizmi" aktini qoralashga chaqirdi.

Kuni kecha Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxani yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizodaga suiqasd tashkilotchilari aniqlanganini maʼlum qilgandi.

"Bu murakkab operatsiya boʻldi, voqea joyida hech kim boʻlmagan (suiqasd uyushtirgan joy). Shu bilan birga, bizga buni kim tomonidan rejalashtirganini maʼlum, uning tarixini bilamiz", - dedi Shamxani, Tasnim agentligi tomonidan eʼlon qilingan videoda.

Uning soʻzlariga koʻra, suiqasdda Isroil va “Mossad” oʻz rollarini oʻynashdi.

Teglar:
Isroil, qotillik, Eron

Asosiy mavzular