11:41 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1344)
346 0 0

Turkiyada koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda. TIV Oʻzbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. COVID-19 pandemiyasi sababli Turkiyada boʻlib turgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirayotgan vatandoshlar ogohlantirildi.

TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, Turkiyada koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda.
Xususan, 2020 yil 1 dekabrdan boshlab Turkiyada quyidagi yangi cheklov choralari joriy etishga qaror qilindi:

- Ish kunlari komendantlik soati mavjud. Kechki 21:00 dan ertalab 05:00 gacha koʻchaga chiqishga ruxsat berilmaydi.

- juma kuni kechqurun soat 21:00 dan boshlab dam olish kunlari davomida va dushanba kuni soat 05:00 gacha uydan tashqarida boʻlish mumkin emas.

- Janoza va toʻy marosimlarida oʻrtacha 30 kishi qatnashishi mumkin.

- Barcha davlat idoralari ish kunlari faqat soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat koʻrsatadi.

- 65 yoshdan oshgan va 20 yoshgacha boʻlgan fuqarolar jamoat transportidan foydalanishi taʼqiqlanadi. Ular juma kunidan tashqari, ish kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha koʻchada boʻlishi mumkin. Juma namoziga tashrif buyurishga ruxsat beriladi. Ish kunlari komendantlik soatidan tashqari vaqtda bolalar va pensionerlar shahar atrofida 05:00dan 21:00gacha shaxsiy transportda harakat qilishi mumkin.

- Uyda mehmon kutish, turli marosim, ziyofat, bayram tadbirlari, shu jumladan Yangi yil bayramini oʻtkazish taqiqlanadi.

- Oziq-ovqat, goʻsht doʻkonlari, meva-sabzavot shoxobchalari va boshqa yetkazib berish bilan shugʻullanadigan tizimlar dam olish kunlari ham faoliyat yuritishi mumkin.

- Kinoteatrlar faoliyati yil oxirigacha cheklanadi. Saunalar, hammomlar va koʻngilochar bogʻlar yopiladi.

- Bolalar maydonchalari va sport maydonchalaridan foydalanish taqiqlanadi. Mamlakatdagi barcha sport tadbirlari tomoshabinlarsiz davom ettiriladi.

- Barcha bolalar bogʻchalari, tayyorgarlik sinflari va boshqa bolalar taʼlim muassasalari faoliyati toʻxtatiladi. Maktab oʻquvchilari va talabalar uchun masofaviy oʻqitish 2020 yil oxirigacha uzaytirilmoqda.

- Kasalxonalar, oʻt oʻchiruvchilar xizmati, politsiya va dorixonalar har kuni cheklovsiz ishlaydi.

- Uyga yetkazib berish shoxobchalari, kafelar va restoranlar ham komendantlik soati vaqtida ishlashni davom ettiradi.

- Agar biror kishining qoʻlida samolyot yoki poyezd chiptasi boʻlsa, u aeroportga yoki temir yoʻl stantsiyasiga borish uchun shaxsiy yoki jamoat transportidan foydalanishi mumkin.

- Jamoat transportidan foydalanish, savdo markaziga, kasalxonaga, davlat idoralariga kirish uchun HES kodi kerak boʻladi. Bu Turkiya fuqarolariga ham, yashash huquqiga ega boʻlganlarga ham tegishli.

- Tibbiy maskalarni doimiy ravishda taʼqish rejimi, shuningdek, ijtimoiy masofa va virusga qarshi gigiyena qoidalari hamda qoʻchada sigaret chekish bilan bogʻliq taqiqlash oʻz kuchida qoldi.

“Mamlakatda yuzaga kelgan ogʻir epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda Oʻzbekiston elchixonasining konsullik boʻlimi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hujjatlarni jumladan elektron pochtalar orqali qabul qilishni (Elchixona konsullik boʻlimi – uzconsul.ankara@gmail.com, Bosh konsulxona – uzbekconsul@yahoo.com), elektron pochtalar vositasida konsultativ yordam koʻrsatishni boshladi”, - deyilgan xabarda.

Mamlakat elchixonasi Turkiyada vaqtincha yoki doimiy yashayotgan, oʻqiyotgan, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ushbu cheklov choralarini hisobga olishni, oʻz sogʻligini himoya qilish choralarini koʻrishni, rasmiy hokimiyat organlarining barcha talablariga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1344)
Teglar:
TIV, karantin, cheklov, koronavirus pandemiyasi, Turkiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular