09:00 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
179 0 0

Rossiyada vaktsina bepul va koʻngilli boʻladi, yil oxiriga qadar 2 milliondan ortiq doza vaktsina ishlab chiqariladi.

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Vladimir Putin bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikovaga Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi  ommaviy vaktsinatsiya boshlashni topshirdi.  

Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, yil oxiriga qadar 2 milliondan ortiq "Sputnik V" vaktsinasi ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda shifokorlar va oʻqituvchilar emlanadi. 

"Keling bir narsa haqida kelishib olaylik, - dedi Putin Golikovaga. Kelgusi haftada siz keng koʻlamli vaktsinatsiya qilishni boshlaysiz. Kelishdikmi? Menga har hafta hisobot berishadi. Keling endi boshlaylik. Sizlar bu borada juda ehtiyotkor, men hammasini tushunaman."    

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga qarganadan tibbiyot sanoati ommaviy vaktsinatsiyani boshlashga tayyor boʻlgan. 2021 yil davomida bir necha oʻnlab million kishilar vaktsina olishi rejalashtirilgan. Rossiyada vaktsinalar bepul va koʻngilli boʻladi. Bu haqida Rossiya prezidenti oldin ham bir necha bor aytgan edi.

Eslatib oʻtamiz, dunyoda COVID-19ga qarshi dunyoda birinchi vaktsina "Sputnik V" Rossiyada 11 avgust kuni roʻyxatga olingan edi. Uni Gamaleya nomidagi Milliy markaz odam adenovirusi asosida ishlab chiqargan edi. Ikkinchi vaktsina "Vektor" virusologiya markazi tomonidan yaratildi. 

Asosiy mavzular