10:52 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
377 0 0

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi jumboqni eʼlon qildi - bu ayrim internet foydalanuvchilarining gʻazabiga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi Twitter’da grafik testni eʼlon qildi. Maxfiy xizmat foydalanuvchilarga suratda koʻrsatilgan kunning vaqtini aniqlash boʻyicha savol bilan murojaat qildi.

Suratda binolar, maktab avtobuslari, mashinalar, qor bilan qoplangan togʻ yonbagʻirlari tasvirlangan.

Foydalanuvchilarga 3ta variantda javob taklif etildi: 7:00, 11:00 va 15:00.

Koʻpchilik suratda soat 7:00 deb javob berdi. Ular oʻzlarining tanlovlari kunduzi boʻlishiga qaramay, koʻcha chiroqlari hali yonib turganligi bilan izohlashdi.

Ayrim internet foydalanuvchilari “Markaziy razvedka boshqarmasiga muhimroq ishlar bilan shugʻullanish kerak” deb maslahat berdi.

"Yigitlar, oʻyin oʻynashni toʻxtatish va milliy xavfsizlik masalalariga jiddiy shugʻullanish vaqti keldi", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Boshqa obunachi esa "MRB juda qattiq ishlashini koʻrganidan xursand boʻlganini" istehzo bilan yozgan.

Keyinchalik, agentlikda toʻgʻri javob maʼlum qildi – bu ertalab 7:00.

Asosiy mavzular