10:20 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
65220

Namoyishchilar bosh vazir Ion Kiku ixtyoriy ravishda isteʼfoga chiqishini talab qilishmoqda. Bu bilan muddatidan avval parlament saylovlarini oʻtkazish mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Yangi saylangan Moldova prezidenti Mayya Sandu tarafdorlari Kishinyov markazida hukumatga qarshi namoyishga chiqdi. Ularning maqsadi Vazirlar mahkamasini isteʼfoga chiqarish va muddatidan avval parlament saylovlarini oʻtkazishga erishishdir. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Avvalroq Sandu Moldova aholisiga Vazirlar mahkamasining isteʼfoga chiqishi talab qilib, norozilik namoyishiga chiqishga chorlagan edi. Uning fikricha, hukumat sanitariya va iqtisodiy inqirozni jilovlashning uddasidan chiqa olmayapti.

Sandu tarafdorlari mahalliy vaqt bilan soat 10 dan hukumat binosi qarshisidagi maydonda toʻplana boshladi. Ularning aksariyati oʻzi bilan Moldova bayrogʻi koʻtarib olgan. Kishinyov markazida harakat cheklangan.

Namoyishchilar bosh vazir Ion Kiku ixtyoriy ravishda isteʼfoga chiqishini talab qilishmoqda. Bu bilan muddatidan avval parlament saylovlarini oʻtkazish mumkin boʻladi.

Moldova parlamentar respublika boʻlgani bois prezident bosh vazirni isteʼfoga chaqirib, parlamentni tarqatib yubora olmaydi.

Moldova parlamenti shu hafta prezident vakolatini qisqartirdi. Respublika rahbari nazorati ostidan Axborot va xavfsizlik xizmati chiqarildi. Sandu bu qarorlarni amaldagi prezident Igor Dodon va uni qoʻllab-quvvatlovchi sotsialistlar partiyasi tomonidan “hukumatni noqonuniy ravishda tortib olishga urinish” deya atadi. Qaror ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat keltirilgan. Bundan tashqari, muxolifat partiyalari birinchi oʻqishda qabul qilingan davlat byudjeti loyihasi, Rossiya telekanallari efirga uzatilishiga qoʻyilgan taqiq olib tashlanishi, rus tiliga alohida maqom berilganini qoralashdi.

Teglar:
miting, Moldova

Asosiy mavzular