TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning holidan oila aʼzolari xabar olmay qoʻyishdi. Ayni vaqtda siyosatchining eng yaqin odami uning yordamchisi boʻlib qolgan. Vitaliy Manskiyning "Gorbachyov. Jannat" filmini koʻrganidan soʻng "MK" jurnalistlari bunday xulosalarga kelishdi.
Gorbachyov davlat tomonidan umrbod berilgan xizmat uyida yolgʻiz yashamoqda. Bino qoʻriqlanadi, baland panjara bilan oʻralgan.
Filmda SSSR sobiq prezidenti nabiralari endi uni koʻrish uchun kelmayotganini tan oldi. Uning oʻzi oʻrnidan arang qoʻzgʻaladi va maxsus moslama yordamida harakat qiladi.
Ikkinchi qavatga chiqish uchun liftdan foydalanadi.
Gorbachyovning qizi va ikki nabirasi Germaniyada yashaydi va Rossiyaga kelmaydi, siyosatchining oʻzi esa xorij safariga bora olmaydi.