09:20 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
14510

Rossiya Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaktsinasi borasidagi qarori kutmoqda.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Koronavirusga qarshi Rossiyaning “EpiVakKorona” vaktsinasi hujjatlari 8 dekabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga (JSST) yuborildi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova maʼlum qildi.

“8 dekabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga yana bir Rossiya vaktsinasi “EpiVakKorona” hujjatlari yuborilgan edi. JSST qarorini kutyapmiz”, - dedi Popova yangi koronavirus infektsiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga bagʻishlangan konferentsiyada. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, Popova ming nafarga yaqin koʻngillilar ushbu vaktsinaning birinchi komponentini olgani va ular sogʻligʻi borasida shikoyat qilishmaganini maʼlum qildi.

Novosibirskning “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikkinchi Rossiya vaktsinasi 14 oktyabr kuni roʻyxatdan oʻtkazildi. Hozirda uning roʻyxatga olinganidan soʻng oʻtkaziladigan sinovlari oʻtkazilmoqda. Rossiya SSV 16 noyabr kuni “EpiVakKorona” vaktsinasining 150 nafar 60 yoshdan yuqori koʻngillilarda va 18 noyabrdan uch ming nafar koʻngillilarda ushbu sinovlarni oʻtkazishga ruxsat berdi.

Teglar:
“Vektor” markazi, koronavirus, vaktsina, JSST, Rossiya

Asosiy mavzular