06:57 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
706 0 0

Amerikalik teleyulduz va ishbilarmon Xloi Kardashyan uning oilasi 42 yil ichida birinchi marta rojdestvo bazmini bekor qilganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Amerikalik tele-yulduz va ishbilarmon Xloi Kardashyan, uning oilasi 42 yil ichida birinchi marta rojdestvo bazmini bekor qilganini maʼlum qildi.

"Kaliforniyada koronavirus bilan vaziyat nazoratdan chiqib ketmoqda. Shu sababli biz bu yil Rojdestvo bayramini oʻtkazmaslikka qaror qildik. Bu 1978 yildan beri ilk bor. Juda achinarli, ammo hozirda sogʻliq va xavfsizlik birinchi oʻrinda! Pandemiyaga jiddiy eʼtibor berish kerak", - deb yozdi u Twitter’da.

People nashri taʼkidlaganidek, Kardashian opa-singillarining onasi Kris Jenner Rojdestvo arafasida 1970-yillarda dabdabali bayramlarni tashkil qila boshladi. 2018 yildan boshlab uning qizlari buni oʻz zimmasiga oldi.

Eslatib oʻtamiz, 21 oktyabr kuni amerikalik supermodel Kim Kardashyan oʻz yubileyini nishonlagandi. Tugʻilgan kuni nishonlash maqsadida xususiy orolni ijaraga olinib, katta bazm uyushtirdi. Koronavirus pandemiyasi vaqtida dabdabali bazm uyushtirgani uchun koʻplab internet foydalanuvchilari uni tanqid qilishgandi.

Asosiy mavzular