17:54 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
157 0 0

Avvalroq qator Telegram-kanallarda Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani xaqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani yoʻq, bu haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bu haqda bosh vazirning matbuot kotibi Mane Gevorgyan maʼlum qildi.

Avvalroq qator Telegram-kanallarda Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani xaqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.

“Telegram-kanallarning Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani haqidagi xabarlari yolgʻon xabardir”, - dedi Gevorgyan. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Armanistonda namoyishchilar bir oydan buyon Pashinyan isteʼfosini talab qilmoqda. Norozilik namoyishlari Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida Togʻli Qorabogʻ mojarosiga oid sulh bitimi imzolangandan keyin boshlandi. Armaniston muxolofatchilari bosh vazir Nikol Pashinyanni xoinlik va taslim boʻlishlikda ayblamoqda. Siyosatchi Qorabogʻ boʻyicha bitim oʻzi uchun juda ogʻir qaror boʻlganini aytdi, lekin boshqa chora boʻlmaganini taʼkidladi.

Teglar:
Armaniston, Nikol Pashinyan

Asosiy mavzular