22:05 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
47010

Anjelina Jolidan uning “zombi-versiyasi”ga – eronlik Instagram yulduzi Fotima Xishvandga yordam berish toʻgʻrisida videomurojaat eʼlon qildi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Jurnalist Masix Alinejad aktrisa Anjelina Jolidan uning “zombi-versiyasi”– eronlik Instagram yulduzi Fotima Xishvandga (Saxar Tabar ismi bilan tanilgan) yordam soʻrab videomurojaat eʼlon qildi.

Jurnalist soʻzlariga koʻra,  Fotima 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

"Men 19 yoshli qiz 10 yilga ozodlikdan mahrum etilganini bildim. Uning "jinoyati"- fotoshop yordamida oʻzini Anjelina Jolining zombi versiyasiga aylanishi. U atigi 19 yoshda, u yosh, u shunchaki Instagramda hazil qilmoqchi boʻldi. Endi u 10 yilga qamoqda! Onasi har kuni yigʻlaydi, qizining aybi yoʻq. Biz ularga yordam berolmaymiz. Siz, Anjelina Joli, bizga yordam bera olasiz, jamoatchilik oldida bayonot bilan chiqishingiz mumkin", - deydi Alinejad.

Daily Mail gazetasi yozishicha, 2019 yil 5 oktyabrda Fotima Xishvand Instagram’da mashhur boʻlgan uch nafar ayol bilan birga hibsga olingan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot سحرتبر...!👾✌🏻 (@sahar_taabar)

Alinejad qizning advokati bilan gaplashganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, mijoz "jamiyatdagi korruptsiyani targʻib qilgani" uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qayd etilishicha, Xishvand shirk keltirish, zoʻravonlikka undash, nomaqbul yoʻllar bilan daromad topish va yoshlar orasida korruptsiyani targʻibot qilishda ayblangan.

Fotima Xishvand 2017 yilda mashhur boʻlgan: oʻsha vaqtda OAVlarda u Anjelina Joliga oʻxshash uchun 50 ta jarrohlik amaliyotidan oʻtgani haqida maʼlumot tarqatgan. Qiz jarrohlik amaliyotidan oʻtmagani, faqat fotoshop yordamida fotosuratlarni tahrir qilganini aytdi. Bundan tashqari, u Joli bilan emas, balki "Jasad kelini" nomli multfilmi personajiga oʻxshashmoqchi boʻlganini aytadi.

Asosiy mavzular