09:40 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
404 0 0

Xitoydagi tsirkda yoʻlbars hayvon oʻrgatuvchiga hamla qildi. Hodisa 11 dekabr kuni Shanxi viloyatida sodir boʻlgan.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Xitoydagi tsirkda yoʻlbars hayvon oʻrgatuvchiga hamla qildi, deb xabar qildi Daily Mail.

Guvohlar tomonidan tasvirga olingan videoda yoʻlbars hayvon oʻrgatuvchiga hujum qilib, uni yerga yiqitishi aks etgan.

Tsirk xodimlari yirtqichni tayoq yordamida haydashdi.

Hodisa 11 dekabr kuni Shanxi viloyatida sodir boʻlgan. Taxminlarga koʻra, hayvon oʻrgatuvchi jonivorni yaxshilab ovqatlantirmaganligi bu hodisaga sabab boʻlgan.

Hayvon oʻrgatuvchisi ogʻir jarohat olmagan, chunki hayvon tishini erta yoshda olib tashlangan.

Erkak kasalxonada tekshiruvdan oʻtdi va koʻp oʻtmay uyiga javob berildi.

Asosiy mavzular