11:18 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
184 0 0

Yaponiyaning “Asahi” gazetasi oʻz manbalariga tayangan holda KXDR koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini xarid qilganini xabar qilmoqda.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi hamda Xitoyning tashxis qoʻyadigan uskunalari, jumladan, termograflarini xarid qildi. Bu haqda RIA Novosti Yaponiyaning “Asahi” gazetasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Xarid qilingan vaktsina dozasi haqidagi maʼlumot ochiqlamagan, lekin manba gazetaga Shimoliy Koreya davlat idoralari va tuzilmalari xodimlarini emlash boshlanganini bildirgan.

Nashrning yozishicha, Kim Chen In vaktsinaning xavfsizligiga ishonch hosil qilmagunicha, undan foydalanmaydi.

Xitoydan xarid qilingan termograflar KXDR va Xitoy oʻrtasidagi chegarada ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash maqsadida oʻrnatilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Shimoliy Koreyada hozirga qadar COVID-19 aniqlanmagan.

Teglar:
Xitoy, koronavirus, vaktsina, Rossiya, KXDR, Shimoliy Koreya

Asosiy mavzular