07:26 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
238 0 0

Rossiya yetakchisi yangi saylangan Amerika prezidenti Jo Baydenga muvaffaqiyat tiladi va u bilan hamkorlik va muloqotga hozirligini bildirdi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jo Baydenni AQSH prezidenti saylovlaridagi gʻalabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rossiya yetakchisi yangi saylangan Amerika prezidenti Baydenga muvaffaqiyat tiladi va Rossiya va Amerika kelishmovchiliklarga qaramasdan koʻplab muammolar va chaqiriqlarni hal qilishga yordam berishi mumkinligiga umid bildirdi.

“Oʻz tomonimdan Siz bilan hamkorlik va muloqotga tayyorman”, - deyilgan tabrikda.

AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden saylovchilar hayʼatining (Electoral College) 306 ta ovoziga ega boʻlgan. Prezidentlikka saylanish uchun ularning 270 ovozi yetarli hisoblanadi.

Shu tariqa saylovchilar hayʼati mamlakatda boʻlib oʻtgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga koʻra Bayden AQShning 46-prezidenti boʻladi.

Donald Tramp magʻlubiyatni tan olmayapti va natijalar ustidan shikoyat keltirmoqda, ammo hozircha hech bir sud uni qoʻllab-quvvatlamadi.

Uning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni boʻlib oʻtishi kerak.

Teglar:
AQSH, Rossiya, saylovlar, tabrik, Jo Bayden, Vladimir Putin

Asosiy mavzular