TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Ozarbayjonlik aktrisa Aysel Nozim turk seriali - Bi Baksana'da bosh qahramon rolini ijro etadi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Aktrisa bir necha oy oldin aktyorlik karyerasini davom ettirish uchun Turkiyaga koʻchib oʻtdi. Ayni vaqtda u yaqinda premyerasi boʻladigan turk serialining suratga olish ishlarida qatnashmoqda.
Unda mashhur turk aktyorlari Oʻzlem Gezgin, Esin Benim, Ahmet Demir va boshqa koʻplab aktyorlar suratga tushadi.
Bundan tashqari, Aysel koʻplab tadbirlarda boshlovchi sifatida ishlaydi.
Aysel Nozim - Ozarbayjon kinematografiyasining eng mashhur yosh aktrisalaridan biri. U koʻplab seriallarda rol oʻynagan. 2019 yilda u turk kinokompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.