10:09 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
605 0 0

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova mamlakatda koronavirus pandemiyasi bahorga kelib yakunlanishini taxmin qilmoqda.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi bahorga kelib tugaydi. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova shunday taxminni bildirdi.

“Bahorga kelib yakunlanadi, agar harakat qilsak, undan oldin ham tugashi mumkin. Bugungi kunda har birimizga bogʻliq”, - dedi Popova “Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Rossiya fanlar akademiyasi (RFA) prezidenti Aleksandr Sergeyev turli vaktsinalarni qoʻllash koronavirus pandemiyasining ustidan gʻalaba qozonishga yordam beradi degan fikrni bildirgan edi.

Putin Rossiya vaktsinasini xavfsiz va samarali deb atadi

Hozirda Rossiyaning har bir hududida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emalash ishlari boshlab yuborilgan. Birinchi navbatda xavf guruhiga kiruvchilar (tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar, ijtimoiy xizmat sohasi vakillari va boshqalar) emlanmoqda.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaktsina roʻyxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaktsinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaktsinasi ham roʻyxatga olinishi kutilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
Teglar:
emlash, koronavirus pandemiyasi, Rossiya

Asosiy mavzular