17:49 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
563 0 0

Uch yil oldin eronlik Fotima Xishvand ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlib ketdi. U Anjelina Joliga oʻxshash uchun 50 ta plastik jarrohliklardan oʻtgan.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Eronlik Instagram yulduz Fotima Xishvand qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda The Mirror nashri xabar qildi.

Oʻtgan haftada Fotima 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi. Jurnalist Masix Alinejad aktrisa Anjelina Jolidan uning “zombi-versiyasi”– eronlik Instagram yulduzi Fotima Xishvandga (Saxar Tabar ismi bilan tanilgan) yordam soʻrab videomurojaat eʼlon qildi.

Xishvand hukm chiqarilgandan bir necha kun oʻtib ozod qilindi. Bunga "Ommaviy axborot vositalarining katta bosimi" sabab boʻlgan.

Qizlarning qarindoshlari garov puli toʻlashdi, dastlab hukumat bunday shartda qoʻyib yuborishni rad etib kelgandi.

Fotima Tehronda, u oilasiga qaytdi.

Fotima Xishvand 2017 yilda mashhur boʻlgan: oʻsha vaqtda OAVlarda u Anjelina Joliga oʻxshash uchun 50 ta jarrohlik amaliyotidan oʻtgani haqida maʼlumot tarqatgan. Qiz jarrohlik amaliyotidan oʻtmagani, faqat fotoshop yordamida fotosuratlarni tahrir qilganini aytdi.

2019 yil 5 oktyabrda Fotima Xishvand Instagram’da mashhur boʻlgan uch nafar ayol bilan birga hibsga olingan. U shirk keltirish, zoʻravonlikka undash, nomaqbul yoʻllar bilan daromad topish va yoshlar orasida korruptsiyani targʻibot qilishda ayblangan.

Asosiy mavzular