Moldova bosh vaziri Ion Kiku mamlakatning saylangan prezidenti Mayya Sandu bilan uchrashib, yangi Vazirlar mahkamasi tayinlangunga qadar hukumat qanday ishlashini muhokama qiladi.
TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Moldova bosh vaziri Ion Kiku isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi
“Maʼlumki, parlament tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar uchun ikkita yoʻl bor. Ushbu sharoitlarda bu jarayon tezroq boshlanishi uchun bosh vazir va hukumat isteʼfosini taklif qilaman”, - dedi Kiku. Uning soʻzlaridan Sputnik Moldova agentligi iqtibos keltirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, chorshanba kuni Moldovaning saylangan prezidenti Mayya Sandu bilan uchrashadi va yangi Vazirlar mahkamasi tayinlangunga qadar hukumat qanday ishlashini muhokama qiladi.
Harbiy kontingentni oshirish, armiya infratuzilmasi qurilishi va xalqaro miqyosda yanada jipslashish - 2021 yilda NATO Rossiya gʻarbiy chegaralariga bosimni kuchaytiradi.
"Oʻzatom" agentligining Ilm-fan, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Shavkat Abdukamilov atom energetikasi boshqaruvi tizimiga toʻliq kirish imkoniyatiga ega boʻlishidan oldin atom sohasidagi yosh mutaxassislarni nimalar kutishi haqida gapirdi