09:10 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
186570

LDPR yetakchisi kelajakda kimlar Rossiya prezidenti boʻlishi haqida oʻz fikrini bildirib, bir necha kishining ismini tilga oldi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy “Rossiya-1” telekanali efirida kelajakda kim Rossiya prezidenti boʻlishi mumkinligini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu lavozimga bosh vazir Mixail Mishustin, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Moskva meri Sergey Sobyanin, Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko va Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev daʼvogarlik qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, Jirinovskiy, oʻziga ishora qilib, butun mamlakat 30 yildan buyon kutayotgan kishi davlat rahbari boʻlishini taʼkidladi. Shuningdek, u 2024 yil boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarida oʻz nomzodini ilgari surish niyatini tasdiqladi.

Teglar:
Jirinovskiy, Rossiya

Asosiy mavzular