10:38 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
199 0 0

Qasim-Jomart Toqayev Qirgʻizistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarovni Qozogʻistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qirgʻizistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Davlat rahbari Sadir Japarovni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi va ovoz berish natijalari u davlatchiligini yanada mustahkamlash va Qirgʻizistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash boʻyicha u taklif qilgan dasturni umummilliy qoʻllab-quvvatlashidan dalolat ekanligini taʼkidladi”, - deyilgan xabarda.

Japarov Qirgʻizistonning barqaror va ijodiy rivojlanish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini cheksiz qoʻllab-quvvatlagani uchun Toqayevga va butun qozoq xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Toqayev Sadir Japarovni Qozogʻistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. Qirgʻiziston rahbari ushbu taklifni qabul qilib, prezident sifatida birinchi tashrifini Qozogʻistonga amalga oshirishini taʼkidladi.

Japarov esa Qasim-Jomart Toqayevni parlament saylovlarining muvaffaqiyatli oʻtkazilishi bilan tabrikladi. Qozogʻiston prezidenti Sadir Japarovga birodar Qirgʻiziston manfaati yoʻlidagi masʼuliyatli davlat faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

10 yanvar kuni Qirgʻizistonda mamlakat prezidenti saylovlari boʻlib oʻtdi. Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Sadir Japarov saylovchilarning 79,18 foiz ovozini olgan. Davlat rahbari lavozimiga 17 kishi daʼvogarlik qilgan edi.

Qayd etish joizki, 2021 yilda Qirgʻizitonda prezident saylovlari oldingi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekovning oktyabr voqealaridan keyin isteʼfoga chiqqani sababli muddatidan oldin boʻlib oʻtdi. Shuningdek, 10 yanvar kuni Qirgʻizistonda hukumatni boshqarish shakli boʻyicha ham referendum oʻtkazildi.

Teglar:
Qirgʻizistonda prezident saylovlari, Sadir Japarov, Qasim-Jomart Toqayev

Asosiy mavzular