09:49 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
282 0 0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Gʻarbning qator Belarus korxonalariga nisbatan qoʻllagan sanktsiyalarini banditcha deb atadi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Gʻarbning qator Belarus korxonalariga nisbatan qoʻllagan sanktsiyalarini banditcha deb atadi va mos javob ishlab chiqishni topshirdi.

Sputnik Belarus agentligi xabariga koʻra, davlat rahbari Minskda bosh vazir oʻrinbosari Yuriy Nazarov va sanoat vaziri Pyotr Parxomchikning hisobotlarini tinglab, shunday topshiriq bergan.

“Yana bir mavzu – bir necha mahalliy korxonalarga qoʻllanilgan Gʻarb sanktsiyalari. Bu sanktsiyalarni Aleksandr Lukashenko banditcha deb atadi va hukumat darajasida mos javob ishlab chiqishni topshirdi”, - deyilgan xabarda.

“Sudga murojaat qilishimiz kerak”: Lukashenko XOQ sanktsiyalariga munosabat bildirdi

Belarusda 9 avgust kuni prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, unda Aleksandr Lukashenko gʻolib boʻlgan. Oʻsha kundan boshlab respublikada norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Belarusning qator yuqori amaldorlarini namoyish ishtiroklariga kuch qoʻllashda va saylov yakunlarini soxtalashtirganda ayblab, ularga nisbatan sanktsiya kiritdi, jumladan, Lukashenkoning oʻzi ham sanktsiya roʻyxatiga tushgan. Bundan tashqari, yaqinda YEI hisob boʻyicha uchinchi sanktsiya roʻyxati eʼlon qildi. Unga 29 nafar jismoniy shaxs va 7 ta tashkilot kiritilgan. Hozirda roʻyxatda 88 nafar jismoniy shaxs va 7 ta tashkilot bor. Shu bilan birga, YEI Belarusdagi vaziyat yaxshilanmasa, sanktsiyalarni kengaytirishga tayyorligini maʼlum qilgan.

Mavzu boʻyicha

"Ha, men batkaman". Lukashenko xalq tomonidan berilgan laqabga koʻnikkanini tan oldi
Sirtqi kredit? Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi
"Yordam kerak". Tixanovskaya AQShdan Minsk boʻyicha yangi sanktsiyalar qabul qilishni soʻradi
Tixanovskaya oʻz xatosi haqida gapirdi
Yevropa parlamenti Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmadi
Tanganing ikki tomoni: Gʻarbning Belarus va AQShdagi saylovlarga bergan bahosi
Teglar:
sanktsiyalar, Yevropa Ittifoqi, Aleksandr Lukashenko

Asosiy mavzular