02:47 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
446 0 0

Rossiya haqiqiy demokratiya, fikr va OAV erkinligini bosqichma-bosqich himoya qilib kelmoqda. Afsuski Gʻarbda ushbu qadriyatlar soʻnggi vaqtlarda tobora cheklanmoqda.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Bugun Rossiyada matbuotchilar kuni. Ushbu munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

TIV tabriknomasida, jurnalist kasbi Rossiyada har doim alohida va muhim ahamiyatga ega boʻlganini, voqealarning tezkor va chuqur tahlil qilish qobiliyati bugungi kunda Rossiyadagi har bir jurnalistga xos ekani qayd etib oʻtilgan.

Rossiya soʻz erkinligini, axborotni olish va OAV faoliyati erkinligini bosqichma-bosqich va sabot bilan himoya qilib kelmoqda. Afsuski Gʻarbda ushbu sohani qattiq nazorat ostiga olish, alternativ nuqtai nazar aks etgan nashrlar faoliyatini va jurnalistlar huquqlarini cheklash hamda nomaqbul OAVlarga bosim oʻtkazish - odatiy holatga aylanib bormoqda, deyilgan TIV tabriknomasida.

Masalan, Ukrainada jurnalistlar xavfsizligi jiddiy bezovtalik  uygʻotmoqda. Rossiya xalqaro hamjamiyat eʼtiborini ushbu ulkan muammoga bir necha bor qaratgan edi. Xususan, jurnalistlar Anatoliy Klyan, Anton Voloshin, Igor Kornelyuk, Andrey Stenin, Andrea Rokkelli, Oles Buzina, Sergey Dolgov, Vyacheslav Veremiya va Pavel Sheremetlarning oʻldirilishi va ushbu holatlar yuzasidan ochilgan jinoyat ishlarida hech qanday natija yoʻqligi borasida.

Undan tashqari, Boltiqboʻyi davlatlarida ham jurnalistlar huquqlari buzilish holatlari juda koʻp uchramoqda.  Xususan, 2019 yilda Litva parlamenti “Sputnik-Litva” saytiga kirishni cheklab qoʻygan edi. Agentlikning bosh muharriri M.Kasem mamlakatdan besh yilga chiqarib yuborilgan edi.

“Sputnik-Estoniya” 2020 yiling 1 yanvaridan boshlab jinoiy javobgarlikka tortilish tahdidi ostida faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi.

Latviyada esa “RT” guruhining 7ta kanali retranslyatsiyasini va “Birinchi Boltiq kanali” telekanali faaoliyatini toʻxtatgan edi. Latviya xavfsizlik xizmati “Sputnik-Latviya” va Baltnews portalining 7ta xodimini hibsga olgan edi.

Rossiya ushbu tajovuzkor harakatlarni demokratik jamiyat asoslari boʻlgan – fikr erkinligi va OAV erkinligi buzish deb hisoblaydi.

Rossiya Davlat Dumasi deputatlari 2020 yilning 24 dekabrida Yevropa davlatlari parlamentlariga murojaat qilib Latviya tomonidan yoʻl quyilgan qonunbuzarlik holatlariga munosib baho berishni, soʻz erkinligi va OAV erkin faoliyatini taʼminlash borasida ular oʻz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarishni talab qilishdi.

Shuningdek Tashqi ishlar vazirligi Amerika raqamli platformalarining Rossiya OAVlari sahifalarini ommaviy bloklashi va kontentlarni oʻchirib tashlashi soʻnggi vaqtlarda tizimli tus olgan va haqiqiy tsenzuraga aylangan. Raqamli OAV monopolistlarining ushbu harakatlarida yaqqol siyosiy mantiq kuzatilmoqda. Ularning maqsadi - Amerika tashqi siyosiy koʻrsatmalarini amalga oshirish va Gʻarb meynstrimiga raqobatchi boʻlgan muqobil nuqtai nazarlarni global efirdan chiqarib tashlashdir.

Rossiya bunday yondashuvga mutlaq qarshi va universal erkinlik printsiplari hamda erkin OAV tarafdoridir. Biz haqiqiy demokratiya va soʻz erkinligi printsiplari gʻalaba qozonishiga ishonamiz.

Maʼlumot uchun, Rossiyada matbuotchilar kuni 13 yanvarda nishonlanishi bejiz emas. 1703 yilning 13 yanvar kuni Rossiyada birinchi yozma matbuot – “Vedomosti” gazetasi bosib chiqarila boshlagan. Gazetaning birinchi soni “Moskva davlati va atrofdagi mamlakatlarda harbiy va boshqa ishlar qaydnomasi” deb nomlangan.

Shundan soʻng yil sayin Rossiyada chop etilayotgan gazeta va jurnallar soni oshib borgan. 20 asr boshiga kelib Rossiyada 916ta gazeta va 1351ta jurnal chop etilgan. 1904 yilda Sankt-Peterburgda birinchi telegraf agentligi tashkil qilingan. Keyinchalik uning asosida ITAR-TASS paydo boʻlgan. 1989 yilda esa – 5295ta jurnal va 8532ta gazeta nashrdan chiqqan. Bugungi kunda esa Rossiyada - 42 861ta davriy nashrlar faoliyat yuritmoqda.

Asosiy mavzular