13:01 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
182311

Erigan aysberglar asta-sekinlik bilan chuchuk suvni Atlantika okeaniga olib boradi, bu yangi muzlik davriga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Antarktidadagi aysberglarning erishi zanjirli reaktsiyani hosil qilib, Yerni yangi muzlik davriga olib kelishi mumkin. Bu haqda Daily Mail Kardiff universiteti tadqiqotchilari maʼlumotlariga asoslanib xabar qildi.

Olimlarning taʼkidlashicha, erigan aysberglar asta-sekinlik bilan chuchuk suvni Atlantika okeaniga olib boradi. Ushbu jarayon okean aylanishidagi oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi, bu esa oʻz navbatida Yerga iqlim sovib ketishi bilan tahdid soladi.

Tadqiqotchilar aysberglarning erishi va okean aylanishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni soʻnggi 1,6 million yil ichida har bir muzlik davrining boshida boʻlganligini aniqladilar.

Oldinroq olimlar muzlarning erishi va global isishning boshqa oqibatlari jahon okeani sathining koʻtarilishiga olib kelayotgani haqida ogohlantirgan edilar, bu uzoq vaqt davomida inson tomonidan oʻzlashtirilgan qirgʻoq hududlarini suv bosishi bilan tahdid qilishi mumkin.

Teglar:
Buyuk Britaniya, olimlar, sovuq, muz

Asosiy mavzular