14:19 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
64730

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Ukraina saylovlarida ishtirok etganda, mamlakat prezidenti boʻlgan boʻlishi mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Ukraina saylovlarida ishtirok etganda, mamlakat prezidenti etib saylana olgan boʻlardi deb hisoblaydi.

“Albatta. Menga ham ruslar, ham ukrainlar ovoz bergan boʻlardi”, - dedi siyosatchi “Rossiya 1” telekanali efirida tegishli savolga javob berayotib.

Jirinovskiy Ukraina va uning iqtisodiyoti qanday barbod boʻlayotganini koʻrish barchaning joniga tekkanini taʼkidladi.

“Butun dunyo bizning va boshqalarning vaktsinalari uchun navbatda turdi. Faqatgina Ukrainada vaktsina yoʻq. Kulgili, yonida Rossiya, ularga taklif qilishmoqda – oling, hatto bepul, lekin javob yoʻq”, - dedi u.

Shuningdek, LDPR yetakchisi Ukrainada rus tili bilan bogʻliq vaziyatga baho berdi. Ukraina hukumati “ruslarni zoʻrlab ukraincha gapirtirishga urinib”, undan foydalanishni taqiqlamoqda.

Teglar:
Ukraina, Jirinovskiy

Asosiy mavzular