03:52 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
410 0 0

Rospotrebnadzor dezinfektsiya instituti dezinseksiya muammolari laboratoriyasi Rossiyaga suvaraklar yopirilib kelishi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Rospotrebnadzor dezinfektsiya instituti dezinseksiya muammolari laboratoriyasi boshligʻi Svetlana Roslavtseva Rossiyaga suvaraklar yopirilib kelishi haqida ogohlantirdi.

Mutaxassis taʼkidlashicha, bir yilda suvaraklar koʻpayishi - birinchisi fevral oyida, ikkinchisi - odatda yoz mavsumiga toʻgʻri keladi.

“Chaqirilmagan mehmonlar” birinchi navbatda kvartiralarning oshxona va vannaxonada paydo boʻladi.

"Suvaraklar tuxum qoʻyishi uchun suvli joy kerak. Tuxumlarning oʻrtacha rivojlanish vaqti haroratga qarab 3 oyni tashkil qiladi", - deydi mutaxassis.

Rospotrebnadzor vakili zararkunandalarning xonadonga kirib qolishini oldini olish uchun ozodalikka rioya qilib, oshxona va vannaxonada ventilyatsiyaga toʻr tortish kerak deb maslahat berdi.

Agar suvaraklar uyga kirib qolgan boʻlsa, maxsus yem tuzoqlar, dezinfektsiyalovchi vositalar yordamida yoʻq qilish kerak.

Teglar:
Rossiya

Asosiy mavzular