05:14 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
284 0 0

AQSH Xitoyni shu jumladan Tibetda uygʻurlar va boshqa musulmon guruhlarni taʼqib qilishda, inson huquqlarini poymol qilishda ayblab, sanktsiyalar bilan qoʻrqitib keladi.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoni masxaraboz deya, uning Shinjon-Uygʻur muxtor mintaqasidagi uygʻurlar genotsidiga tegishli bayonotini esa asr yolgʻoni deya atadi. RIA Novosti xabari asosida.

Sal avval AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Shinjon-Uygʻur muxtor mintaqasidagi vaziyat tufayli AQSH Xitoyni insoniyatga qarshi genotsid va jinoyatda ayblashini maʼlum qilgan edi.

New York Times nashrining yozishicha, hukumatni tark etayotgan administratsiya tomonidan xitoy hukumatiga niyabatan yangragan ushbu keskin gaplar endilikda Bayden kabineti tomonidan Pekinga qarshi sanktsiyalarning kengayishiga olib kelishi mumkin.

"Soʻnggi bir necha yil davomida Pompeo juda koʻp yolgʻonlarni tarqatdi… Siz tomondan tilgan olingan Pompeoning bayonoti deb atalayotgan gaplar shunchaki yana bir kurakda turmaydigan safsatadir. Amerikaning yolgʻonchiligi bilan mashhur bu siyosatbooʻi oxirgi kuni ahmoqona yolgʻonni tarqatib, butun dunyoga oʻzini masxaraboz sifatida kulgiga qoʻydi", - dedi brifing davomida Xua Chunin.

AQSH Xitoyni shu jumladan Tibetda uygʻurlar va boshqa musulmon guruhlarni taʼqib qilishda, inson huquqlarini poymol qilishda ayblab, sanktsiyalar bilan qoʻrqitib keladi. AQSH fikricha Gonkongni himoya qilishga atalgan loyiha ham uning yuqori avtonomiyasini yoʻq qilishga qaratilgan. Xitoy hukumati ushbu barcha ayblovlar va tanqidlarni rad etib, mamlakatning mutlaqo ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgan.

Asosiy mavzular