17:33 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
119320

Kreml Gelendjikdagi Vladimir Putinning "qasri" haqidagi Aleksey Navalniy tomonidan oʻtkazilgan surishtiruvni asossiz safsata va kompilyatsiya deb atadi.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Kreml Gelendjikdagi Vladimir Putinning "qasri" haqidagi Aleksey Navalniy tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvni asossiz safsata va kompilyatsiya deb atadi.

Kuni kecha Navalniy jamoasi prezident Qora dengiz qirgʻogʻida 100 milliard rublga qasr qurgani toʻgʻrisidagi materialni eʼlon qildi.

"Bilasizmi, bu mavzu 3-4 yil oldin tarmoqqa tashlangandi. Va bu holatda quruq safsata qilinmoqda, mana bu hiyla-nayranglardan foydalanishga bir necha bor urinishdi. Koʻpincha oʻzlarini qiynashmayapti ham <...> hech boʻlmaganda biron bir narsani isbotlash emas, hech boʻlmaganda tasvirlab berishga minimal urinishlar bilan” - dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

U yagona yangilik bu - "montaj hikoyalari"dan foydalanish boʻlgan, deya taxmin qildi.

"U yerda, maʼlum bir qasridagi basseynda, Putinning Yeniseyda suzib yurgani aks etgan <...> butun dunyoda tarqalgan <...> tasvirlar qoʻshib qoʻyilgan. Bu shunday quruq konstatatsiya", - deb tushuntirdi Kreml vakili.

Bundan tashqari, Peskov rossiyaliklarni "FBK muttahamlariga" pul oʻtkazmaslikka chaqirdi, bunday tekshiruvlar – bu firibgarlik ekanligini taʼkidladi.

"Davlat rahbariga qarshi tayyorlangan va tayyorlanayotgan axborot xujumlari haqida allaqachon bizga maʼlum. Ular boʻlgan, afsuski, davom etadi. Bu holatda prezident mavjud boʻlmagan mulkka egalik qilishda ayblanmoqda. Butun mol-mulk Rossiya prezidenti tomonidan har yili deklaratsiyalanadi va chop etilgan yillik deklaratsiyada aks etgan", - deb xulosa qildi Peskov.

Mavzu boʻyicha

Kreml YEIning Navalniy tufayli sanktsiyalariga munosabat bildirdi
Olimpiada-Navalniy janjali: AQSH va Britaniya eng qimmatli narsasini qutqarmoqda
Lavrov YEIning Navalniy tufayli sanktsiyalariga munosabat bildirdi
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanktsiya qoʻlladi
Navalniy bilan bogʻliq holat boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishga asos yoʻq - Lavrov
Koronavirus, Belarus, Qorabogʻ va Navalniy: RF tashqi razvedka rahbari bilan intervyu
Teglar:
Navalniy, Kreml, Moskva, Rossiya

Asosiy mavzular