01:24 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
84 0 0

Nemis firmalaridan birining rahbari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortganlik uchun yetti nafar xodimini ishdan boʻshatdi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Nogironlar va qariyalarni parvarishlash bilan shugʻullanuvchi nemis firmalaridan birining rahbari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortganlik uchun yetti nafar xodimini ishdan boʻshatdi. Bu haqda “Bild” gazetasi xabar qilmoqda.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, Germaniyada emlanish ixtiyoriy boʻlishiga qaramasdan, bu koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanishdan bosh tortganlik uchun xodimlarning ishdan boʻshatilishining birinchi holatidir. Xodimlarini ishdan boʻshatgandan keyin firma boshligʻi Rene Vilmerga emlanishga qarshi chiqayotganlar tarafidan tahdidlar qilina boshlangan. Ular hatto oʻldirish bilan tahdid qilishgan.

Vilmer vaktsina olib kelishi bilanoq xodimlaridan emlanishni talab qilgan. Germaniyada nogironlar va qariyalarni parvarishlash xizmati xodimlari vaktsinani birinchi navbatda oluvchilar guruhiga kiradi.  Uch kishi emlanishdan bosh tortgan, yana toʻrt kishi bir toʻxtamga kelolmagan. Firma rahbari ularga qaror qabul qilish uchun ikki kun muhlat bergan. Ammo xodimlar emlanmagan va bularning ishdan haydalishiga sabab boʻlgan.

“Men mijozlarimizni himoyalash uchun barcha ishni qilaman. Bu burchimdir”, - deya oʻz qarorini asoslangan Vilmer.

Germaniyada 2 milliondan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. 47 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Mamlakatda COVID-19 ga qarshi emlanish 27 dekabr kuni boshlandi. 1,3 million aholi allaqachon emlangan.

Teglar:
vaktsina, emlash, koronavirus, Germaniya

Asosiy mavzular