12:45 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
188810

Katta shov-shuvga sabab boʻlgan “Putin qasri” koʻrinishi qanday – Mash Telegram-kanal jurnalistlari bu haqda reportaj tayyorladi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Mash Telegram-kanal jurnalistlari Aleksey Navalniy eʼlon qilgan filmda aytilgan Gelendjikdagi "qasr"ga kelib, reportaj tayyorladi.

"Qasr oldiga kelganlarni darvozasiz parad kirish joyi kutib oladi - bu yerda shunchaki ular yoʻq. Darvoza ustida hech qanday Qishki saroy tojli Podshoh burgut nusxasi yoʻq. Joyni juda oddiy tasvirlash mumkin - bu bitta katta beton. Hamma narsa qurilishning nol bosqichida", - deyilgan materialda.

Jurnalistlarga 6 yildan beri qasr qurilishini kuzatib borgan texnik nazorat vakili hamrohlik qildi. Muxbirlar 16 ta bir xil xonani koʻrishga muvaffaq boʻlishdi: ularni bir ibora bilan - yaxlit bir beton, deb tasvirlasa boʻladi. "Surishtiruv"da aytilgan "chilimxona" oʻrnida "quruvchilar xonasi": ishchilar u yerda kaskalar, maxsus kiyim va poyabzallarni saqlashmoqda.

"Loy xonasi" - qurilishning dastlabki bosqichida, uni bitta soʻz - beton deb taʼriflash mumkin, internetda memlarga aylangan "akvadiskoteka" esa amalda - ishlamaydigan favvora ekan.

Jurnalistlar tasvirga olgan lavhada: taxtalar, koʻplab simlar, beton bloklar va "rozetka ishlamaydi" degan yozuvlar aks etgan.

"Atrofda juda koʻp ishchilar. Har qadamda quruvchilarni uchratish mumkin. Imoratni koʻzdan kechirayotganimizda yigitlar teshish, burgʻulash ishlari bilan band edi ... Rostini aytsam, juda zerikarli. Oʻsha aytilgan qasrni koʻrishga muvaffaq boʻlmadik", - deydi reportaj mualliflaridan biri.

Quruvchilarning soʻzlariga koʻra, "qasr"ni barpo qilish va foydalanishga topshirish uchun 5-6 yil kerak.

Biroq, bu "mulk"ning egasi kim ekanligi nomaʼlum boʻlib qolmoqda.

Jurnalistlar egalarni javob qaytarishga chaqirishdi.

Kreml reaktsiyasi

Avvalroq Vladimir Putin Aleksey Navalniyning Gelendjikdagi "qasr" toʻgʻrisidagi filmini tomosha qilmaganligini, ammo yordamchilari tayyorlagan videolar toʻplami bilan tanishib chiqqanligini aytdi. Prezident taʼkidlashicha, “surishtiruv”da koʻrsatilgan hech qanday mulk na unga, na uning qarindoshlariga tegishli emas va hech qachon tegishli boʻlmagan.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov soʻzlariga koʻra, Gelendjikdagi qasr egasi - bir yoki bir nechta ishbilarmon. Kreml ismlarni oshkor qilmaydi, chunki bu notoʻgʻri. Prezident administratsiyasi soxta fosh qiluvchi materiallar va axborot xurujlari haqida oldindan bilganligini taʼkidladi.

Mavzu boʻyicha

Bemor AQSH maxsus xizmatlari koʻmagidan foydalanadi — Putin Navalnыy haqida
Rossiya Navalnыy bilan bogʻliq vaziyat tufayli YEI sanktsiyalariga javob qaytaradi
Kreml "Putin qasri" haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
Teglar:
Navalnыy, Vladimir Putin, Moskva, Rossiya

Asosiy mavzular