09:55 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
253 0 0

Eron rasmiylari maʼlum qilishicha, Islom Respublikasi Yaqin Sharqda vaktsina ishlab chiqarish va eksport qilish markaziga aylanishi mumkin.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Eron Rossiya bilan "Sputnik V" vaktsinasi boʻyicha hamkorlik qilish, jumladan uni Islom respublikasida ishlab chiqarish boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Eronning Moskvadagi elchisi Kazem Jalali maʼlum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

© REUTERS / Hannibal Hanschke/File Photo

"Eronda "Sputnik V" vaktsinasi roʻyxatdan oʻtkazilgach juma kuni Eron va Rossiya oʻrtasida uni xarid qilish va birgalikda ishlab chiqarish boʻyicha bitim izolandi", - deb aytgan elchi IRNA agentligiga.

Diplomat soʻzlariga koʻra, RFPI bilan kelishuv doirasida, 4 fevralga qadar Eronga vaktsina partiyasi yuboriladi.

Shuningdek, "Sputnik V" vaktsinasini Eronda ishlab chiqarish masalasini muhokama qilish uchun Eron Sogʻliqni saqlash delegatsiyasi tez orada, aniqrogʻi oʻn kun ichida RFga kelishi koʻzda tutilgan.

Eron rasmiylari maʼlum qilishicha, Islom Respublikasi Yaqin Sharqda vaktsina ishlab chiqarish va eksport qilish markaziga aylanishi mumkin.

Moskvadagi Eron elchisi Kazem Jalili ham Eron Rossiya vaktsinasi eksporti uchun "uzel" sifatida harakat qilishini tasdiqlagan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
Teglar:
emlash, vaktsina, Sputnik V

Asosiy mavzular