18:23 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
32810

Frantsiya prezidenti Qirollik bir vaqtning oʻzida ham YEI, ham AQShning yaqin ittifoqdoshi boʻlolmasligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniya hukumati Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqqandan soʻng mamlakatning tashqi siyosati yoʻlini aniq belgilab olishi zarur, chunki Qirollik bir vaqtning oʻzida ham YEI, ham AQShning yaqin ittifoqdoshi boʻlolmaydi. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Britaniyaning “The Guardian” gazetasiga bergan intervyusida shunday fikrni bildirdi.

“Buyuk Britaniya qaysi yoʻlni tanlamoqchi? Ham AQShning yaqin ittifoqdoshi, ham YEIning yaqin ittifoqdoshi, ham yangi Singapur boʻlish mumkin emas. Aniqlashtirib olmoq zarur”, - dedi Frantsiya yetakchisi.

“Menda taassurot tugʻildiki, mamlakat yetakchilari oʻz fuqarolariga hamma narsani birdaniga vaʼda qilishgan. Agar Buyuk Britaniya toʻliq transatlantika siyosatiga oʻtishga qaror qilsa, unda bu haqda aniq maʼlum qilish darkor, chunki bunday holatda bu YEI bilan hamkorlik va bozordan foydalanish qoidalari boʻyicha toʻgʻri kelmaslikni anglatadi”, - deya taʼkidladi Makron.

Shu bilan birga Frantsiya prezidenti “Buyuk Britaniya bilan yaxshi va tinch munosabatlarni xohlagan boʻlishini” taʼkidladi.

“Men umumiy maqsadlar va taqdir tarafdoriman. Men umid qilamanki, (Buyuk Britaniya bosh vaziri) Boris Jonson bu masalada mening fikrimga qoʻshiladi, zero, oʻylashimcha, britaniyaliklarning oʻzi ham shunday oʻylashadi. Biz ittifoqdosh boʻlib qolamiz. Tarix va geografiya hech qanday oʻzgarmadi, shuning uchun britaniyaliklarning taqdiri biznikidan farq qiladi deb oʻylamayman”, - dedi u.

Britaniya YEIdan chiqdi. Endi uni kechirishmaydi va qasos olishadi

Buyuk Britaniya Yevroittifoqni 2020 yil 1 fevralga oʻtar kechasi tark etdi. 2021 yil 1 yanvar kuni Brexit amalga oshirilgandan keyin amalda boʻlgan oʻtish davri yakunlandi.

Teglar:
Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Makron

Asosiy mavzular