05:35 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
85 0 0

Meksika Sanitariya risklardan himoya qilish federal komissiyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Meksikada Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Ugo Lopes-Gatell maʼlum qildi.

“COFEPRIS (Meksika Sanitariya risklardan himoya qilish federal komissiyasi – tahr.) hozirgina Gamelaya epidemiologiya i mikrobiologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaktsinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Shunday qilib, preparatni olib kirish va undan foydalanish imkoniyati paydo boʻlmoqda”, - dedi Lopes matbuot anjumani davomida.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tomonidan yetkazib berish uchun shartnoma imzolanishi keyingi qadam boʻlishi kerak. Kuni kecha Meksika sogʻliqni saqlash vaziri Xorxe Alkoser ushbu hujjatga imzo chekkan.

Meksikada COVID-19 ga qarshi emlash 13 yanvar kuni kovid kasalxonalari tibbiyot xodimlaridan boshlangan. Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon 1,8 milliondan ziyod kishi kasallangan, shulardan 159 ming nafari vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq dunyoning yetakchi ilmiy jurnallaridan biri “Lancet” "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, vaktsina 91 foizdan ziyod samaradorlikni namoyon etgan.

Teglar:
Sputnik V, koronavirus, Meksika

Asosiy mavzular