00:25 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1380)
1384 0 0

Bugungi kunda yer yuzida koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 104 milliondan oshgan, 2,3 million kishi virus qurboniga aylangan. AQSH, Hindiston va Braziliya infektsiyalanganlar soni boʻyicha yetakchi oʻrinlarda

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Britaniya klinikasi Medicine direct bosh farmakologi Xuseyn Abdex koronavirusning shifokor huzuriga zudlik bilan uchrashishni taqazo etadigan toʻrtta belgisini sanab oʻtdi. RIA Novosti xabari asosida.

"Agar siz koʻkrak qafasingizda ogʻriq, nafas olish qiyinlashishi, nutq yoki harakatda muammolar singari har qanday jiddiy muammolarni his qilsangiz, siz albatta, imkon qadar tezroq yordam uchun shifokorga murojaat qilishingiz lozim", - deb aytgan Abdex Daily Express bilan suhbatda.

U shuningdek, yoʻtal, taʼm va hid sezish qobiliyatining yoʻqolishi, yuqori harorat va madorsizlanish holatlari kuzatilgudek boʻlsa, shu zahoti oʻz-oʻzini izolyatsiyalash zarurati haqida ham eslatib oʻtdi.

Bugungi kunda yer yuzida koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 104 milliondan oshgan, 2,3 million kishi virus qurboniga aylangan. AQSH, Hindiston va Braziliya infektsiyalanganlar soni boʻyicha yetakchi oʻrinlarda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1380)

Asosiy mavzular