12:09 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
151220

Yangi optik illyuziya - oʻrmonda tasvirga olingan surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining eʼtiborini tortdi.

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Yangi optik illyuziya internet foydalanuvchilarining eʼtiborini tortdi.

Britaniyaning Daily Mail nashri yozishicha, it yoki erkak tasviri noaniq boʻlgan surat bir qancha muhokamalarga sabab boʻldi.

"It yoki odamni koʻrayapsizmi? Oʻrmonda olingan surat koʻplab foylanuvchilarning muhokamasiga sabab boʻldi", - deb yozgan gazeta.

Baʼzi foydalanuvchilar “suratda yugurayotgan qora it aks etgan”, deb izoh yozishgan.

Biroq, boshqa foydalanuvchilar suratda qora kiyimda qochayotgan insonni koʻrishgan.

"Aniq bu, it", “Oxiri, itni koʻrish uchun koʻzoynak taqdim”, “Ajoyib, men tasvirda borini koʻrdim, lekin u it emas”, “Hayronman, bu yerda qanday qilib odamni koʻrish mumkin?” − deb bahslashgan foydalanuvchilar.

Asosiy mavzular