10:20 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
200730

YEI Rossiya iqtisodining nozik sohalariga sanktsiyalar kiritishda davom etsa, Moskva aloqalarni uzishga tayyor.

TOSHKENT, 12 - fev, Sputnik. Yevropa Ittifoqi sanktsiyalar kiritishda davom etsa, Moskva Bryussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi. Bu haqida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Solovyev LIVE" kanalida bergan intervyusida aytib oʻtdi. 

"Biz tayyormiz, agar oldin birn necha marotaba boʻlganidek, iqtisodimizning turli sohalariga, jumladan  eng nozik sohalariga ham taʼsir qiluvchi sanktsiyalar kiritilishida davom etaversa, Moskva Bryussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi", - dedi Lavrov.   

"Albatta, biz dunyo hayotidan ajralib qolishni istamagan boʻlardik, lekin bunga tayyor boʻlish kerak. Tinchlik istasang - urushga tayyor boʻl", - deb qoʻshimcha qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri. 

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Moskvaga tashrif buyurgan YEI tashqi ishlar vaziri Aleksey Navalniyni ozodlikka chiqarishni talab qilgan edi. Rossiya hukumati rad javobini berganidan soʻng YEI "Shimoliy oqim-2"ni bloklab qoʻyish bilan poʻpisa qilgan edi.

Undan bir necha kun oldin esa, Rossiya Aleksey Navalniy tarafdorlari mitingida ishtirok etgan 3 nafar Yevropa diplomatlarini (Shvetsiya, Germaniya i Polsha) persona non-grata deb eʼlon qilib mamlakatni tark etishni talab qilgan edi.

Shuningdek, Navalniy sudi majlisiga 14 davlat diplomatlari tashrif buyurishgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirlig maxsus vakili Mariya Zaxarova diplomatlarning ushbu ommaviy tashrifini "Rossiya ichki ishlariga aralashish" deb atagan edi.

Asosiy mavzular